Xabar berganimizdek, mutaxassisligi bo'yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo'lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirishiga tavsiyanoma berish uchun hujjatlar qabul qilish boshlangan.
Tavsiyanoma berish masalasini ko'rib chiqish bo'yicha Yangihayot tumani Ishchi guruhi tashkil etilgan. Hozirda guruh a'zolari hujjat topshirgan xotin-qizlarning talablarga mosligini tekshirib, xotinqizlar.uz elektron platformasiga talabgorning hujjatlarini joylashtirmoqda.
Hozirgi kunga qadar 16 nafar xotin-qizlarning hujjatlari qabul qilinib, platformaga joylashtirildi. Hujjat qabul qilish 30-mayga qadar davom etadi.