info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Orzulari osmon jajji Shahrizodaning oʼqish va sportdagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Orzulari osmon jajji Shahrizodaning oʼqish va sportdagi faoliyatiga omad tilaymiz!
timeicon 04-08-2022

Shahrizoda Toʼraeva 7 yosh boʼlishiga qaramasdan, sportga oʼzgacha mehr qoʼygan. Qahramonimiz bogʼchada tashkil etilgan oʼzbek jang sanʼati boʼyicha toʼgarakda atiga 1 yil mobaynida shugʼullangan boʼlsa-da, koʼplab musobaqalarda sovrindor boʼlishga ulgurgan.

Xususan, 2015 yilda tugʼilganlar oʼrtasida oʼtkazilgan nayzani nishonga otish yoʼnalishi boʼyicha Oʼzbekiston kubogida 1 darajali, 7-17 yoshlilar oʼrtasida tashkil etilgan Toshkent shahar ochiq chempionatida 2 darajali diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, Sergeli tuman BOʼSM ochiq chempionatida oʼzidan katta yoshdagi raqiblarini ham magʼlub etib, 1 oʼrinni qoʼlga kiritgan.

Shahrizoda shu yil endi maktabga chiqadi, biroq uning sport boʼyicha ham, bilim olish boʼyicha ham maqsadlari aniq. U bildirilgan ishonchni oqlab, har doim uning yutuqlaridan ota-onasi faxrlanib yurishini xohlaydi.

Orzulari osmon jajji Shahrizodaning oʼqish va sportdagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech