Kuni kecha "Oriyat" MFYda tuman hokimining fuqarolar bilan sayyor qabuli tashkil etildi.
Unda "Oriyat", "Yangi Choshtepa", "Tashabbus" va "Choshtepa" mahallalarining 8 nafar fuqarosi o'z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Qabulda ishga joylashish, subsidiya, uy-joy, yo'lni kengaytirish, moddiy yordam masalalari va kommunal soha bo'yicha murojaat tinglanib, ularning barchasi joyida o'z yechimini topdi.
Murojaatlarni hal etish bo'yicha mutasaddi rahbarlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.