Kuni kecha “Olchazor” mahalla binosida tuman 3-sektor rahbari ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Unda “Yorqinhayot” hamda “Olchazor” mahallasidan jami 15 nafar fuqaro ishtirok etib, moddiy yordam, subsidiya, kommunal masalalarida murojaat qilishdi.
Ushbu murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, vaqt va mablag’ talab etadigan qolgan murojaatlarni o’rganish uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi.