Hokim va bitiruvchi yoshlar muloqoti
Har bir bitiruvchi maktabni tugatgach katta hayotga qadam qo’yadi. Ana shunday vaqtda ularga to’g’ri maslahat berish, qaysidir ma’noda to’g’ri yo’l ko’rsatish, fikrlarini tinglash, rejalarini amalga oshirishlari uchun qo’llab-quvvatlash muhimdir. Aynan shu maqsadda bugun tuman hokimi 32-maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.
“O’z kasbi, sohasini puxta egallagan mutaxassisga doimo talab kuchli. Ular hamma joyda qadrli”. Tuman hokimining ushbu fikrlari bilan boshlangan samimiy muloqot davomida bitiruvchilar o’z maqsadlari, qiziqqan sohalari, kasblari haqida so’zlab berdi.
Tuman hokimi ham yoshlarga o’z hayotiy tajribalari, yurt, ota-ona, oila qadri haqida so’zlab, yoshlik davrida halol ishlagan, mehnat qilgan insongina kelajakda katta natijalarga erisha olishini ta’kidladi.