Kuni kecha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida hokim yordamchilari bilan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli foydalanish ustidan monitoring qilish, qarzdorliklarni so‘ndirish, mikroloyihalarni amalga tatbiq etish va aholi bandligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida hokim yordamchilari va mas’ul rahbarlarga kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.