Hokim yordamchilarining faoliyati tahlil qilindi
Kuni kecha tuman hokimi boshchiligida hokim yordamchilari bilan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda joriy yilning 11 oyi davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ajratilgan imtiyozli kreditlarning samaradorligi muhokama qilindi.
Tadbir yakunida hokim yordamchilari va mas’ul rahbarlarga kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.