info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Hokim yordamchilari koʻmagida 3 ta boʻsh yertoʻla tadbirkorga ijaraga berildi

timeicon 27-01-2022

 

Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallaga hokim yordamchilari toʻliq tayinlanib, barcha belgilangan tartibda xizmat faoliyatini olib borishmoqda. Jumladan, hokim yordamchilari mahallalarda uyma-uy yurib, “xonadonbay” xatlov natijasida bugungi kunda 6888 ta (17,0%) xonadonda istiqomat qilayotgan 29923 nafar aholi xatlovdan oʻtkazildi.

9 ta boʻsh yertoʻla aniqlandi va 3 tasi oʻrtanilgan tartibda tadbirkorlik uchun ijaraga berildi. Shuningdek, xatlov davomida mehnatga layoqatli 73 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Jumladan, 23 nafar fuqaro ishga joylashtirildi va 40 nafari oʻzini oʻzi band qilib rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, 19 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqishga yoʻnaltirildi.

Hokim yordamchilari tomonidan xatlov jarayonida aholining “Ehtiyojmand, lekin intiluvchan” oilalarini aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Taqsimlangan mablagʻlarni adolatli va manzilli taqsimlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech