Oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlarni undirish masalasi muhokama qilindi
Kuni kecha tuman prokurori, tuman soliq inspeksiyasi rahbari, hokim yordamchilari hamda mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida hokim yordamchilari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarning muammoga aylangan qismini kamaytirish va soliq tushumlarini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring qilish va qarzdorliklarni so‘ndirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hokim yordamchilari faoliyati tanqid qilindi.