Tumanimizning "Yangihayot" mahallasida "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash" kommissiyasi tomonidan ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish maqsadida suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida yosh oilalar duch kelayotgan kelishmovchilik va tushunmovchiliklar o'rganildi va vaziyat muhokama qilindi. Shuningdek, tuman bosh imom xatibi, uning xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi va tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mas'ullari o'z maslahatlari va hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Bu kabi tadbirlar boshqa mahallalarda ham tashkil etiladi.