Oila — jamiyatning boshlangʻich boʻlagi. Oila qurish arafasidagi har ikkala yosh huquqiy, diniy, psixologik bilimlarga ega boʻlsa, nur ustiga aʼlo nur.
Tumanda tashkil etilgan “Oilaviy hayotga tayyorlash oʻquv markazi”da 12 juft nikohlanuvchi yoshlarga oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga oid mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Unda tuman bosh otinoyisi hamda tuman pedagog psixologi nikoh va oila, er-xotin munosabatlari oilalarning mustahkamligini taʼminlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, qadriyatlarni mustahkamlash borasida maslahat va koʻrsatmalar berdilar.