Bugun tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi va tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'limi bilan hamkorlikda yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektorlari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. Yig'ilish davomida 6 oy davomida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ayollarga nisbatan qilingan zo'ravonlik va ayollar o'rtasida o'z joniga qasd qilish holatlarining tahlili mahallalar kesimida muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur holatlar ro'y berishining asosiy sabablari va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noxush holatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlar haqida so'z yuritildi.