Odinaxon Ergasheva 12 yoshga toʼlgan, hozirda 8-maktabning 6-sinf oʼquvchisi.
Odinaxon 6 yildan beri sportning karate turi bilan muntazam shugʼullanib kelmoqda. Qahramonimiz 6 yoshida bogʼchada tashkil etilgan karate toʼgaragiga qiziqib, shu sport turi bilan shugʼullanishni boshlaydi.
Odinaxon bugunga qadar qator musobaqalarda ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan oʼrin egallagan. Xususan, Malayziya va Qirgʼizistonda oʼtkazilgan xalqaro musobaqada 2-darajali, Olmaotadagi musobaqada 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, karate WKF turi boʼyicha bolalar va qizlar oʼrtasida oʼtkazilgan Oʼzbekiston chempionatida 2-oʼrinni qoʼlga kiritgan.
Sport qahramonimizning ajralmas boʼlagiga aylanib ulgurgan. Kelajakda trener boʼlib, yurtimizda karatening yanada rivojlanishiga hissa qoʼshish — Odinaxonning eng oliy maqsadlaridan biri.