Kuni kecha tuman hokimligida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlik doirasida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, belgilangan choralar inson huquqlarini taʼminlash, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi ta'kidlandi.