Tuman hokimligida hokimning birinchi oʼrinbosari, hokim oʼrinbosari, tuman prokurori oʼrinbosari rahbarligida “Ochiq muloqot" uchrashuvi tashkil etildi. Unda faoliyatida ayrim muammolarga duch kelayotgan 20dan ortiq tadbirkor ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga ushbu tadbirning mazmun-mohiyati va undan kutilayotgan natija toʼgʼrisida atroflicha tushuncha berildi. Shuningdek, tadbirkorlarning tuman hududida hal boʼladigan muammolari oʼrganilib, ularning yechimlari boʼyicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.