info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Оchiq muloqot tarzida o’tkazilgan uchrashuvda ularga homiylar tomonidan ajratilgan sovgʼalar taqdim etildi

timeicon 28-03-2024

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taʼminlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʼyicha amaliy chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi 543-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Yangihayot tuman hokimi oʼrinbosarlari, tuman ijtimoiy moslashuv markazi rahbari, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati bilan hamkorlikda 21-sonli jazoni ijro etish muassasasida bo’lishdi.

Unda jazo muddatini oʼtayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan mahkuma xotin-qizlar holidan xabar olinib, ularga ozodlikka chiqqanlaridan soʼng ijtimoiy jamiyatga moslashtirish, bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʼqitish, oʼrgatish bo’yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o’tkazilgan uchrashuvda ularga homiylar tomonidan ajratilgan sovgʼalar taqdim etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech