Bugun tuman hokimi Xushnud mahallasida "Obod mahalla", "Obod ko'cha", "Obod xonadon" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirdi.
Xususan, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Fuqarolar xonadonlariga kirilib, qurilish va ta'mirlash ishlarini jadallashtirish aytildi.
Shuningdek, tuman hokimi Xushnud mahallasida tashkil etilayotgan noodatiy sayilgohning ham qurilish ishlari bilan tanishdi.
Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish, ularning xordiq chiqarishlari uchun ko'p qavatli uylar atrofida sayilgoh tashkil etilmoqda. Hokim ushbu sayilgohda bolalar maydonchasi, sport maydonlarini tashkil etish, daraxtlar parvarishiga e'tibor qaratish muhim ekanligini ta'kidladi.