Bugun tuman hokimi Xushnud mahallasida bo'lib, "Obod mahalla", "Obod ko'cha", "Obod xonadon" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, fuqarolar xonadonlarida bo'lib, mahalla ahlining o'z o'zini band qilishi maqsadida tashkil etilayotgan issiqxonalar sharoiti, kamchiliklarini o'rganib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, mahallada "Yashil makon" dasturi doirasida aholi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, ta'mirlash, obodonlashtirish ishlarini ham ko'zdan kechirdi.