Bugun tuman hokimi Xushnud mahallasida "Obod mahalla, "Obod xonadon", "Obod ko'cha" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, ta'mirlash, obodonlashtirish, qurilish ishlarini ko'zdan kechirib, mahalla raisi bilan birga fuqarolarning taklif va mulohazalari xususida suxbatlashishdi.
Shundan so'ng, tuman hokimi issiqlik quvurini yaxshilash maqsadida asosiy tarmoqdan 340 metr masofada quvur tortish ishlari amalga oshirilayotgan hududga borib, ish jarayonlari bilan tanishdi.
Ta'kidlash joiz, bu ishlar natijasida Al-Farg'oniy mahallasi, Yo'ldosh-4 mavzesining oxirgi issiqlik quvuriga yetib boradigan nuqtalar yaxshilanadi.