info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo'yicha Respublika shtabining yig'ilishi bo'lib o'tdi

timeicon 19-09-2023

Kuni kecha tuman hokimligida "Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo'yicha Respublika shtabining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi va Toshkent shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i boshchiligida tashkil etildi.

Unda xatlov natijasida holati o'rganilgan xonadonlar 4 toifaga ajratilgani va o'ta og'ir sharoitdagi, ta'mirga muhtoj xonadonlarni ta'mirlash choralari haqida so'z bordi.

Shuningdek, mahallada olib borilishi kerak bo'lgan tozalash va obodonlashtirish ishlari, o'tkazilgan tibbiy ko'rik natijalari hamda boshqa masalalar muhokama etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech