Yangihayot tumanida “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “G‘ayratli keksalar” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Xususan, kuni kecha tuman sport maktabida mini futbol bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Fayzli” mahallasi birinchi o‘rinni, “Gulshanobod” mahallasi ikkinchi o‘rinni, “Zarbdor” mahallasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.