info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Oʼzbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea

Oʼzbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea
timeicon 21-12-2022


Davlat rahbari soʼzini, shukrona keltirib, mamlakat aholisi 36 milliondan oshganini ulgʼulashdan boshladi. “Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qoʼshilmoqda” dedi Prezident.
Xa xaqiqatdan xam bolajon oʼzbek xalqi oilasiga kelgan chaqoloqdan xursand boʼladi. Lekin ularning tarbiyasi, sogʼligʼi oilada eng birinchi masala ekanligini isbotlab murojaatning uchinchi yoʼnalishi taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini qamrab olganligini aytib oʼtdi. Taʼlimda vazifamiz aniq, bunga 2023 yilni "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" yili deb eʼlon qilinganligidan bilsak buladi. Prezident murojaatini eshitar ekanman taʼlim sohasidagi xar bir fikrlari oʼz oʼrnida aytilganligini taʼkidlash joiz. Prezidentimizning «Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʼgʼri yoʼlidir!-degan fikrni qoʼllab quvatlayman. Tarix fani oʼqituvchisi sifatida koʼp yillardan buyon jadidchilik-millatimizni millat sifatida shakillanishida muxim oʼrin tutgan xarakatning eʼtibordan chetdaligi oʼylantirar edi. Zamonasining oʼziga toʼq oilalardan chiqqan fidoilar chet davlatlarga borib taʼlim olishadi va Vatan taraqqiyoti yoʼlida qilish kerak boʼlgan ishlarni amalga oshirish uchun xarakat boshlashadi. Buyuk maʼrifatparvar А.Аvloniy yigirmanchi asr boshidayoq taʼlim va tarbiya millatimizning oʼz oʼrnini topishda asosiy vosita ekanligini aytib oʼtganlar. Xozirgi kunda xam “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur maʼnoli soʼzlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi bilamiz. Tarbiya masalalariga eʼtiborsiz qaragan ota-onalar yuzaga keladigan koʼngilsizliklarni, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlarni ham bilishadi. Аmmo bugun kishilarimizga ana shu hakikatni aytsangiz sizga: “Nima qilay, ishlamasam boʼlmasa!”, “Koʼryapsiz-ku, pul topmasam boʼmaydi, roʼzgʼor tashvishlari, bolaning yeb-ichishiyu, kiyim kechagi ...”, “Ha endi oʼzi omon boʼlsa, tarbiyasi bir gap boʼlar...” Shuni unutmasligimiz kerakki, vatanimiz taraqqiyoti, yurt kelajagi va xalqimizning ertasi qanday boʼlishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʼliqdir. Bu murojaatdan keyin uqituvchi va tarbichilar zimmasiga yuklanayotgan ulkan maʼsuliyatni xis qilgan xolda ayta olamanki, biz bu ishlarning uddasidan chiqamiz, chunki bizni, taʼlim fidoilarini qoʼllab quvvatlovchi yurtboshimiz va mexnatsevar xalqimiz bor. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “Taʼlimni tarbiyadan, tarbiyani esa taʼlimdan ajratib boʼlmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Shunday ekan, taʼlim va tarbiya ishini uygʼun holda olib borish talab etiladi” – deb taʼkidlaganlar.

 

Yangixaet tumani Kengash deputati U А.Nishanbekova

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech