info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot bilimda!” - Sh.Mirziyoev

“Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot bilimda!” - Sh.Mirziyoev
timeicon 23-12-2022

“Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot bilimda!”
Sh.Mirziyoev

Yana bir tarixiy sana va Oʼzbekistonning porloq kelajagi uchun yana bir muhim qadam. Prezidentimiz tomonidan 2023 yilning “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” deya eʼtirof etilishi nafaqat rahbar ayol, balki ona sifatida ham kelajakka, joʼshqin taraqqiyotni oldindan koʼra bilgan yurtboshimizga cheksiz ishonchimni va masʼuliyatimni oshirdi. Murojaatni diqqat bilan bir nafasda tingladim. Ikki soatdan oshiqroq maʼruza davomida barcha yoʼnalishlarni rivojlantirish, yangi tizimga oʼtish, nima uchun bu yoʼnalishlar yaratilganligi va uning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda izohlab tushuntirib berish, inontirish kuchli lider qobiliyatidir. Prezidentimiz eng dolzarb boʼlgan 6 ta yoʼnalish boʼyicha taʼkidlab oʼtdilar. Unda farzandlar kamoli, yurt ravnaqi, rivojlanishdan tortib, investitsiya kiritish, energetika va ekologiya sohasini rivojlantirish, aholining oʼsish nuqtalaridan tortib, yirik shaharlarga aylanayotgan shaharlar, tilga eʼtibor, fuqarolarga xizmat koʼrsatayotgan transport vositalarini koʼpaytirish, maktablarda taʼlim sifati hamda jamiyatda oʼqituvchi kasbi nufuzini oshirish, maktab va maktabgacha taʼlim binolarini koʼpaytirish va unda taʼlim olayotgan farzandlarni bepul ovqatlanishini joriy etish, mahalla tizimiga yanada ishonch bildirilishi, bir soʼz bilan aytganda, inson qadri uchun kerak boʼlgan barcha omillar sanab oʼtildi. Qolaversa, buyuk allomalar tarixiga, ularning yozgan asarlariga eʼtibor qaratish har qanday katta loyihalarning yechimini beradi, deb taʼkidladilar.

Iroda Аbdullaeva, Yangihayot tuman hokim oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech