Bugun Milliy gvardiya Yangihayot tumani "Qo‘riqlash" bo‘limining shaxsiy tarkibi ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" manaviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi va mas’ullar tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning ahamiyati, diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tushunchalarining mazmun-mohiyati, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish haqida tushunchalar berildi.