Yangihayot tumani hokimiyatida mahalla xotin-qizlar faollarining faoliyatini samarali olib borish uchun talab etiladigan bilim va koʼnikmalarini shakllantirish maqsadida 30 nafar mahalla faollari uchun navbatdagi oʼquv seminari tashkil etildi.
Unda ishsiz xotin-qizlarning ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda ularni mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan kasb-hunarga oʼqitish mexanizmlari, xotin-qizlar oʼrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlikning oldini olish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda erta tugʼruq va erta nikohning oldini olish mavzusida atroflicha tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarga koʼrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ular oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini tubdan yaxshilashga doir takliflar muhokama etildi.