Tumanimizning 331-sonli umumta’lim maktabida mahalla faollari va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Tadbirda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Uchrashuvda mutaxassislar bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan birga ularni yo‘ldan adashtirishi mumkin bo‘lgan illatlar va turli yod g‘oyalar ham avj olayotganini ta’kidlashdi. Shu maqsadda keksa avlod vakillari o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va boshdan kechirgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab, tadbir ishtirokchilariga qimmatli tavsiya va nasihatlar berishdi.
Tadbir yakunida esa “Nuroniylar kuylaganda” ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.