info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Navbatdagi saf yig'ilishi bo'lib o'tdi

timeicon 18-10-2023

Bugun erta tongdan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi mas'uli, tuman hokimi, sektor rahbarlari boshchiligida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish va “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi saf yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda mas’ul korxona va tashkilotlardan biriktirilgan mas’ullar bir oy davomida  mahallalardagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqishi xususida so'z bordi.

Shuningdek, har bir aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadal davom ettirish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech