info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Navbatdagi "Prokuror va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

timeicon 18-04-2025

Kuni kecha Yangihayot tuman prokuraturasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman prokurori va mas’ullar yoshlarning turli muammo va takliflarini tinglab, ularni atroflicha o‘rganib chiqishdi. Natijada bir qancha fuqarolarning masalalari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

Bundan tashqari, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli idora vakillari bilan yig‘ilish ham tashkil etildi. Yig‘ilishda bu borada hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar tahlil qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech