Navbatdagi "Mikroloyihalar yarmarkasi"
Kuni kecha "Yorqinhayot" mahallasida tuman kambag‘allikni qisqartish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi hamda 11 ta tijorat banklari hamkorligida "Mikroloyihalar yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
Bunda hokim yordamchilari tomonidan tumanimizdagi 30 ta mahallada istiqomad qiluvchi 150 dan ortiq ishsiz va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istagida bo‘lgan fuqarolar taklif etildi.
Yarmarka davomida 20 dan ortiq fuqarolarga banklar tomonidan imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Shuningdek, 10 nafar shaxslarning ishga joylashishlari uchun yo‘llanma berildi.