Navbatdagi "Ilmdan o'zga najot yo'q" ma'naviy-ma'rifiy mazmundagi profilaktik suhbat 8-umumta'lim maktabida tashkil etildi.
Maktab bitiruvchilari ishtirokidagi tadbirda "vijdon erkinligi" tushunchasining mazmuni tushuntirilib, yot g'oyalarning asil mohiyati, yoshlar ongini manipulyatsiya qilishda turli axborot xurujlarining maqsadi hamda missionerlik va prozelitizmning ma'naviy barqarorlikka tahdidi haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, hozirda ilm olish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani va yoshlar bundan unumli foydalanishi kerakligi ta'kidlandi.