Bugun tuman hokimligida Toshkent shahar prokuror o'rinbosari, tuman hokimi, sektor rahbarlari boshchiligida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish va “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari, shu vaqtga qadar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Mutasaddilar tomonidan kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.