Muammo oʼz yechimini topdi!
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Qipchoq koʼchasidan Fayzli koʼchasiga oʼtadigan avtomobilь yoʼlida asfalьt kovlanib, mashinalar harakati uchun noqulaylik keltirayotgani haqida eʼlon qilingan materialga rasmiy munosabat bildirib, muammo masʼullar tomonidan qisqa muddatda hal etilishi haqida aytgan edik.
Suratlardan ham koʼrish mumkinki, fuqarolarning murojaati oʼz yechimini topib, muammo bartaraf etildi.
Tuman ravnaqiga hissa qoʼshish istagida boʼlgan va mavjud muammolarni mutassaddilarga yetkazishda faol boʼlgan barcha fuqarolarimizga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.