info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Milliy tibbiyot markazi nuroniylar diqqat markazida

timeicon 08-09-2023

Milliy tibbiyot markazi nuroniylar diqqat markazida

Tumanimiz nuroniylari, mahalla raislari, mahalladagi yoshlar yetakchilari, mahalla faollari mamlakatimizdagi eng yirik va zamonaviy Milliy tibbiyot markaziga borib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Markaz zamonaviy ko'rinishga ega bo'lib, qurilish va jihozlashda xorijning ilg‘or tajribasiga tayanilgan.

Milliy tibbiyot markazida jarrohlik, urologiya, transplantologiya, travmatologiya-ortopediya, ginekologiya, kardioxirurgiya, nefrologiya, kardiologiya, endokrinologiya, kardiorevmatologiya, stomatologiya va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Jami 169 turdagi mingtadan ko‘p ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan.

Markaz besh yuz o‘ringa mo‘ljallangan. Ambulator va statsionar tartibda ikki yuzdan ortiq tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda muassasa faoliyatida Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yetakchi klinikalari bilan hamkorlik qilinadi. Chet ellik shifokorlar, o‘zimizning xorijda malaka oshirgan mutaxassislarimizdan iborat jamoa – 250 nafar shifokor, 500 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech