info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Milliy kinologiya markazida "Jaholatga qarshi ma’rifat" tadbiri bo‘lib o‘tdi

timeicon 26-06-2025

Bugun tumanimiz hududida joylashgan Davlat Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida “Ogohlik – davr talabi yoxud ’soxta ulamolar’ qarmog‘iga tushmang!” mavzusida ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" muassasasi direktori va “Nurul Islom” jome masjidi imom-xatibi tomonidan markaz xodimlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli ekstremistik va terroristik guruhlar ta’siriga tushib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun hamda "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" mazmun-mohiyatiga doir fikr-mulohazalar bildirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech