info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Mikroloyihalar yarmarkasi"da 45 nafar fuqaro masalasi ijobiy yechim topdi

timeicon 01-07-2024

"Mikroloyihalar yarmarkasi"da 45 nafar fuqaro masalasi ijobiy yechim topdi

Xabaringiz bor, tuman kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi, tijorat banklari xodimlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari hamkorligida mikroloyihalar yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha shu kabi tadbirlarning biri tumanimizning "Yorqinhayot" mahallasida tashkil etildi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman savdo-sanoat palatasi mas’ullari ishtirok etdi.

Yarmarkada vaqtincha ishsiz va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan 100 dan ortiq fuqarolar qatnashdi. Ularning 15 nafariga ishga joylashishi uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 30 dan ortiq imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha arizalar rasmiylashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech