Tuman hokimligida Uy-joy kommunal Vazirligi IT texnologiyalari boʻlimi boshligʻi tomonidan “Mening uyim” tizimi boʻyicha tumanimizdagi boshqaruv kompaniyalari rahbarlariga oʻquv seminari oʻtkazildi.
Seminar ishtirokchilari uy-joy kommunal sohasida qoʻllaniladigan yangi tizim haqida maʼlumotga ega boʻldilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Maʼlumot uchun: “Mening uyim” tizimi bu koʻp kvartirali uylarni saqlash uchun toʻlanuvchi majburiy badallarni nazorat qilish va shaffofligini taʼminlovchi tizim boʻlib, barcha toʻlov tizimlari va davlat idoralari bilan integratsiya qilish imkoniyatiga ega.