info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Mening tumanim jinoyatchilikdan holi" loyihasi doirasida davra suhbati o'tkazildi

timeicon 07-10-2023

"Mening tumanim jinoyatchilikdan holi" loyihasi doirasida Yangihayot tumani yoshlari ishtirokida jamiyatda sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashga qaratilgan davra suhbati o'tkazildi.

"O'zbekiston–2030" strategiyasida yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbir Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangihayot tuman bo'linmasi, Xalq demokratik partiyasi markaziy Kengashi hamda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida bo'lib o'tdi.

Tadbirda Senatning fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech