Mehnat yarmarkasi ishtirokchilariga 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rini taklif qilindi
Bugun tumanimizning "Oriyat" mahallasidagi 332-umumta’lim maktabida "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda 14 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 211 ta ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada 50 nafar fuqarodan 11 nafari munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirildi va 6 nafari kasb-hunarga o‘qitiladigan bo‘ldi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan bir guruh vaqtinchalik ishsiz fuqarolarga bandlik masalasida huquqiy maslahatlar berildi