Tuman hokimi mahallalarda aholi turar-joylarining ozodaligi va hududda kuz-qish dasturi doirasida amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, tuman hokimi "Navqiron" mahallasida bo‘lib, u yerdagi ichki ko‘chalar hamda ko‘p qavatli uylar atrofining tozaligini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida boshqaruv servis kompaniyasi rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shundan so‘ng, Qipchoq ko‘chasidagi D-500 mm bo‘lgan 1500 metr eskirgan issiq suv quvurlarining yangisiga almashtirish ishlari o‘rganildi. Mas’ullarga ishlarni tez fursatda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.