Mas’ullar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishni reja qilishdi
Bugun, tuman hokimi o‘rinbosari boshchiligida 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqaruv servis kompaniyalari hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, mavsum uchun zaxiralar holati, debitor qarzdorlikni qisqartish va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.