Kuni kecha tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boshchiligida joriy yilning 10-fevral kuni “Mashʼal” mahallasida sodir etilgan jinoyat jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida jinoyat tafsilotlari yuzasidan Yangihayot tumani tergov boʻlimi vakili batafsil axborot berib, bugungi kunda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi maʼlum qilindi. Shuningdek, har qanday jinoyatni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad kelgusida shu kabi jinoyatlarni qayta sodir etilishini oldini olishda keng jamoatchilikning ishtiroki va masʼuliyatini oshirish ekanligi taʼkidlandi.