Kuni kecha Yangihayot tuman Pensiya jamgʼarmasi rahbariyatining “Marhamat” MFY fuqarolari bilan navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.
Unda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash va nogiron farzandini parvarish qilayotgan onalarga beriladigan nafaqa puli toʼlanishi yuzasidan tushuntirish berildi.
Shuningdek, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi boʼyicha fuqarolarning savollariga atroflicha javob berildi.