Bugun Toshkent shahar hokimligi va hududiy ishchi guruhi xodimlari tomonidan Yangihayot tumani “Marhamat”, “Gulshanobod” mahalla fuqarolari bilan sayyor uchrashuv oʼtkazildi.
Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 oktyabrdagi PQ-408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash boʼyicha targʼibot ishlari olib borildi.
Jumladan, ushbu qarorga muvofiq, “Marhamat” mahallasida nuroniylar maskani va “Gulshanobod” mahallasida avtoturargoh qurish boʼyicha fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda jamoatchilik vakillari bilan qarorda belgilangan vazifalarni oʼz vaqtida va sifatli nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.