Tumanimizning 32-sonli umumta’lim maktabida mahalla faollari va yoshlar uchun "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
Uchrashuvda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan birga ularni yo‘ldan adashtirishi mumkin bo‘lgan illatlar va turli yod g‘oyalar ham avj olayotgani ta’kidlandi. Keksa avlod vakillari esa o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va boshdan kechirgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab, tadbir ishtirokchilariga qimmatli tavsiya va nasihatlar berishdi.