“Al-Fargʻoniy” mahallasida joylashgan Toshkent politexnika texnikumida Yoshlarni oliy taʼlimga jalb qilish, ularning isteʼdodini yuzaga chiqarish va maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti rektori, Yoshlar yetakchisi, faollar va texnikum oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida rektor har bir oʻquvchi bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi maqsadlari haqida qiziqdi. Ushbu texnikumni aʼlo baholarda bitirayotgan yoshlar suhbat orqali hech bir muammosiz universitetga qabul qilinishlari va ular uchun haftaning har shanba kuni “ochiq eshiklar” kuni deb eʼlon qilinishini aytib oʻtdi.
Oʻquvchilar universitet sharoitlari va yutuqlari bilan batafsil tanishtirilib, ularga videoroliklar namoyishi taqdim qilindi. Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Anvar Mirzo tomonidan boshlab berilgan “sheʼriyat” qismi tadbirga yanada oʻzgacha koʻtarinki ruh bagʻishladi. Tadbir yakunida isteʼdodli oʻquvchilar kitoblar bilan taqdirlandi.