info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshiriladi

timeicon 25-07-2024

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshiriladi

Kuni kecha tuman hokimi boshchiligida tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 3 ta masala kun tartibiga qo‘yildi.

Yig‘ilish avvalida Kengash raisi o‘rinbosari so‘zga chiqib, joriy yilning 6 oyi mobaynida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Shuningdek, Kengash a’zolari tumanda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish va uning zimmasiga bir qator vazifalarni yuklatish masalasini muhokama qildi. Bundan tashqari, hududdagi maktablar, bog‘chalar va 30 ta mahallada ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati bo‘yicha monitoring natijalari o‘rganildi. 

Yig‘ilish so‘ngida esa o‘tgan davr mobaynida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech