Yangihayot tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyati va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda yangicha yondashuvlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xususan, tumanimizning 48-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Singapur davlati tajribasi va STEAM ta’lim tizimi asosida STEAM laboratoriyasi tashkil etilgan.
Ushbu laboratoriyada faoliyat yuritayotgan “Kichik laborantlar”, “Kashtachilik”, “Kichik oshpazlar” kabi to‘garaklar bolajonlarning texnologiya, muhandislik, san’at matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, ushbu chora-tadbirlar samaradorligi tuman deputatlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.