info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim kubogi” olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda

timeicon 23-06-2025

Ayni kunlarda Yangihayot tumanidagi umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim kubogi” uchun jamoaviy olimpiada bellashuvlari qizg‘in davom etmoqda.

Ushbu olimpiada doirasida jamoalar ikki bosqichda — sinov testlari va loyiha ishlari bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda. Shuningdek, ishtirokchilarning bilim darajasi, fikrlash qobiliyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ta’lim olish va kasb-hunar egallashiga ko‘maklashishdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech