Yangihayot tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv otryadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda 356-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirok etdi.
Dastlab, o‘quvchilar bo‘lim faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari va zamonaviy texnika vositalari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, bo‘lim mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga yong‘in yoki favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish va birinchi yordam ko‘rsatish tartibi bo‘yicha tushunchalar berildi.Bu orqali ularning bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.