Yangihayot tumani Markaziy koʼptarmoqli poliklinikasida Toshkent shahar Sogʼliqni saqlash boshqarmasi, tuman SEO va JSX vakillari va qator hamkor tashkilotlar tomonidan Yangihayot tumanida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlari uchun maxsus-taktik oʼquv mashqi oʼtkazildi.
Maxsus-taktik oʼquv mashqi «Qrim-Kongo gemorragik isitma QKGI aniqlanganda, ushbu kasallikning aholi orasida tarqalib ketishining oldini olishda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida boʼlib oʼtdi.
Maxsus-taktik oʼquv mashqi 2 xil shaklda seminar va amaliy taktik-mashq koʼrinishida oʼtkazildi. Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblarni oldilar.